YeChL. «Real» va «Manchester Siti» javob o‘yinida ham g‘alaba qozonib, 1/4 finalga yo‘l olishdi

Foto: AS
Chempionlar Ligasining chorakfinaliga chiqqan yana ikki jamoaning nomi ma'lum bo‘ldi.
Bergamodan minimal hisobdagi g‘alaba bilan qaytgan «Real» «Atalanta»ni Madridda ham mag‘lub etdi. Benzema, Ramos va Asensioning gollariga Muriel bir bor javob berdi.
«Manchester Siti» Myonxenladbaxning «Borussiya»siga ikkinchi o‘yinda ham javobsiz 2ta to‘p kiritdi. Gollar de Bryuyne va Gundo‘g‘an hisobiga yozildi.
YeChL, 1/8 final, 16 mart
Javob bahslari
Real — Atalanta 3:1
Gollar: Benzema (34), Ramos (60, penalti), Asensio (84) — Muriel (83).
Real – Kurtua, Mendi, Ramos (Militao, 64), Varan, Nacho, Valverde (Asensio, 82), Kroos, Vaskes, Modrich, Vinisius (Rodrigo, 69), Benzema.
Atalanta – Sportello, Gozens (Ilichich, 57), Toloi (Palomino, 61), Jimsiti, Mele, Malinovskiy, Pessina (Kaldara, 84), Pashalich (Sapata, 46), de Ron, Romero, Muriel (Miranchuk, 84).
Birinchi o‘yin — 1:0.
Manchester Siti — Borussiya M 2:0
Gollar: de Bryuyne (12), Gundo‘g‘an (18).
Manchester Siti – Ederson, Kanselu (Zinchenko, 64), Stounz, Uoker, Diash (Laport, 70), Foden, Silva (Aguero, 75), de Bryuyne, Gundo‘g‘an (Sterling, 70), Mahrez, Rodri (Fernandino, 63).
Borussiya M – Zommer, Ginter, Bensebayni (Vendt, 88), Elvedi (Yanchke, 88), Layner, Hofmann, Noyhaus, Zakariya, Shtindl (Traore, 80), Embolo (Volf, 65), Tyuram (Plea, 65).
Birinchi o‘yin — 2:0.
Mavzuga oid

10:50 / 09.03.2025
«Siti» muhim o‘yinda yutqazdi, «Barselona»da fojia. Kun o‘yinlari

21:50 / 06.03.2025
Abduqodir Husanov – «Manchester Siti»ning fevral oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb e’lon qilindi

12:30 / 02.03.2025
«Real»da sensatsion mag‘lubiyat, «Siti» kubok yutmoqchi. Kun o‘yinlari

16:34 / 28.02.2025