Estoniyada koronavirusga qarshi emlashdan so‘ng tromboz hosil bo‘lish holatlari qayd etildi

Jahon 18:46 / 17.03.2021 4744

Estoniyada AstraZeneca va Pfizer kompaniyalari vaksinalari bilan emlashdan so‘ng tromboz hosil bo‘lishi bilan bog‘liq ikkita holat qayd etildi. Bu haqda Delfi xabar bermoqda.

Birinchi holat AstraZeneca vaksinasi bilan emlangan erkakda kuzatilgan. U vafot etgan.

Ikkinchi holat Pfizer vaksinasi bilan emlangan 82 yoshli erkakda qayd etilgan. Tromboz ko‘z qon tomirida hosil bo‘lgan va erkakning ko‘rish qobiliyati buzilgan. 

"Hozirda bir vaksina ikkinchisidan xavfliroq ekanligini ko‘rsatadigan aniq ilmiy ma'lumot yo‘q", - dedi Estoniya dori vositalari departamenti maslahatchisi Alar Irs.

Ayni vaqtga kelib bir necha davlatlar emlanganlarda paydo bo‘lgan muammolar tufayli AstraZeneca preparati bilan emlashni to‘xtatib turibdi.

Ko‘proq yangiliklar: