JSST: Koronavirusga qarshi vaksinadan hech kim vafot etgani yo‘q

Jahon 17:39 / 12.03.2021 4033

Dunyo bo‘yicha 268 milliondan ortiq kishi emlandi va hozircha koronavirusga qarshi vaksinadan vafot etish bilan bog‘liq birorta ham holat qayd etilmadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ana shunday bayonot berdi, deb yozmoqda TASS.

"Bugunga qadar koronavirusga qarshi vaksina sababli yuz bergan birorta ham o‘lim holati aniqlanmadi", - dedi tashkilot vakili Tarik Yasharevich.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "JSST Yevropa ittifoqidagi bir necha mamlakat ehtiyot chorasi sifatida AstraZeneca vaksinasining ma'lum bir partiyasidan foydalanishni to‘xtatib qo‘yganidan xabardor".  

 U Yevropa dori vositalari agentligining ushbu vaksinadan foydalanishni davom ettirish mumkinligi to‘g‘risidagi tavsiyasini eslatib o‘tdi.

JSST vakili "koronavirusga qarshi emlash boshqa sabablar bilan yuz beradigan o‘limlar sonini kamaytirmasligi"ni ta'kidladi.

"Boshqa sabablar bilan o‘lish emlashdan keyin ham davom etaveradi", - dedi Yasharevich.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Daniya, Norvegiya, Italiya, Ruminiya, Bolgariya, Tailand AstraZeneca vaksinasi bilan emlashni vaqtincha to‘xtatgandi. Bunga Daniyada ushbu vaksina bilan emlanganlarda qon quyuqlashishi yuz bergani to‘g‘risidagi xabarlar sabab bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: