JSST koronavirusga qarshi uchinchi vaksinani ma'qulladi

Jahon 22:25 / 12.03.2021 7994

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Johnson & Johnson kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasidan shoshilinch holatlarda foydalanishni ma'qulladi.

 «Koronavirusga qarshi kurashishda har bir xavfsiz va samarali yangi vosita bilan pandemiya ustidan g‘alabaga bir qadam yaqinlashamiz», – dedi JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus.

Preparat JSST tomonidan ma'qullangan uchinchi vaksina bo‘ldi. Tashkilot 31 dekabrda Pfizer/BioNTech, 15 fevralda esa AstraZeneca vaksinasini ma'qullagandi.

Johnson & Johnson kompaniyasining vaksinasi 11 mart kuni Yevropa dori vositalari agentligi tomonidan ma'qullangandi. Ushbu vaksinadan shuningdek, AQSh, Kanada va Bahraynda ham foydalanishga ruxsat berilgan. Johnson & Johnson vaksinasining boshqalaridan farqi shundaki, emlashda ikkita emas, bir doza vaksinadan foydalaniladi.

Ko‘proq yangiliklar: