ROSSA biotexnologik kompaniyasi ichki bozorda COVID-19’ni aniqlash uchun yuqori sifatli va narxi jihatidan qulay test-sistemalarini taqdim etdi.
Ko‘pchilik insonlar COVID-19 uchun PZR testlarini qayerda topshirish mumkinligi bilan qiziqadi (Ushbu test organizmda virus mavjudligini aniqlaydi). Ushbu xizmat O‘zbekistondagi turli klinikalarda mavjud. Ammo testlarni o‘tkazish uchun qanday reagentlardan foydalanilishiga kamchilik e'tibor qaratadi. ROSSA mahalliy biotexnologik kompaniyasi reagentlar to‘plamini maqbul narxlarda chiqardi. Ushbu testlar ishonchlimi? Keling, buni birgalikda ko‘rib chiqamiz.
“ROSSAmed COVID-19 RT-PCR” reagentlar to‘plamida nishon sifatida virusning ikkita genidan foydalanadi. Bu sizga virusning mumkin bo‘lgan o‘zgarishini aniqlashga imkon beradi va tahlil natijalarining aniqligini oshiradi. Ehtimol, bu iste'molchilar uchun asosiy afzallikdir.
Kompaniya haqida
ROSSA – bu o‘zining tadqiqot va ishlab chiqarish bazasiga ega bo‘lgan ko‘p funksional biotexnologik kompaniyadir. Kompaniya mutaxassislari hujayra va molekulyar biologiya yutuqlarini o‘rgangan holda, yetakchi mahalliy va xalqaro tadqiqot markazlari bilan hamkorlik qiladi. Ushbu bilim va tajribalarga asoslanib, ROSSA kompaniyasi tibbiyotda bioxavfsizlik, veterinariya va oziq-ovqat sanoatida, shuningdek, biotibbiy texnologiyalar sohasida innovatsion yechimlarni ishlab chiqadi.
Mahalliy ishlab chiqarish tezkor jo‘natmani, arzon narxni va laboratoriya xodimlarini tezda o‘qitishni nazarda tutadi (zarur hollarda).
Shu bilan birga, ROSSA kompaniyasi mahsulotlarning yuqori standartlarga javob berishi va import qilinadigan analoglaridan kam bo‘lmasligi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Masalan, xomashyo va qadoqlash materiallari AQSh va Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan keltiriladi. Kompaniya xodimlari ISO 9001:2015 standartlariga muvofiq o‘qitilgan. Har bir seriyaning uch martalik sifat nazorati test-sistemalarining ishonchliligini kafolatlaydi.
Test-sistemalari to‘plamiga, shuningdek, RNK/DNKni ajratishga 100 ta tahlil uchun mo‘ljallangan “MagSorbNA” reagentlar to‘plami ham kiradi. Ushbu universal to‘plam boshqa reagentlar bilan mos keladi va ikki xildagi ajratish rejimiga ega (sentrifugalash yoki magnitli shtativda). Uning yordamida laborantlar RNK/DNKni tahlil qilinadigan namunalar soniga qarab 15–20 daqiqada ajratib olishadi. Ajratib olish protokoli juda oddiy va qulay. Va ajratish jarayonidagi operatsiyalar soni minimal, shuning uchun kross-kontaminatsiya deyarli amalga oshmaydi. Yuqori sifatli va aniq reagentlar tufayli siz o‘zingizning klinika va laboratoriyangizda mijozlaringizga ishonchli tahlil natijalarini kafolatlashingiz mumkin.
Reagentlar to‘plamini sotib olayotganda, u sizdagi mavjud qurilmaga mos kelish yoki kelmasligi haqida xavotir olishga o‘rin yo‘q. Barcha mahsulotlar har xil turdagi amplifikatorlar bilan ishlashga mos keladi, yetkazib berish to‘plamida COVID-19’ga test topshirish uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar mavjud: biomaterialni yig‘ish va tashish tizimi, shuningdek, RNKni ajratish va amplifikatsiyasi uchun zarur reagentlar.
Test-sistemalari to‘plami O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutining referens-laboratoriyasida, shuningdek, O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatida sinovdan o‘tkazildi. Mahalliy mutaxassislarning fikriga ko‘ra, barcha mahsulotlar sifat jihatidan o‘xshash xorijiy va mahalliy test-sistemalaridan qolishmaydi.
Reklama huquqi asosida