BAAda Xitoy vaksinasi uch dozada qo‘llanadi

Jahon 00:42 / 12.03.2021 3478

BAAda Xitoyning Sinopharm vaksinasining ikkita dozasi kiritilgandan keyin organizmida koronavirusga qarshi antitanalar paydo bo‘lmagan odamlarga vaksinaning uchinchi dozasi kiritilmoqda. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.  

“Odamlarning bir qismi vaksinaning uchinchi dozasini oldi, biroq ular bitta yoki ikkita doza olganlarga nisbatan juda ozchilikni tashkil qiladi”, deb ma'lum qilgan shifokorlardan biri Farid al-Husayniy. 

Telekanalning eslatishicha, Sinopharm kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoy vaksinasining samaradorligi ikkinchi dozasi kiritilgandan 28 kun o‘tib 79,34 foizga yetadi. Vaksina bilan BAAdagi 100dan ko‘proq emlash punktlarida emlanish mumkin.

Shuningdek, arab davlatida Rossiyaning “Sputnik V”, Pfizer va BioNTech kompaniyalari va AstraZeneca vaksinalari bilan emlanish mumkin. Ayni vaqtda mamlakat aholisining yarmiga yaqini koronavirusga qarshi emlab bo‘lingan.

Aholisi 9,8 mlnga yaqinni tashkil qiluvchi BAAda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalinganlar soni 419 mingdan oshib ketdi, 1,3 mingdan ko‘proq kishi virusdan vafot etgan. 

Ko‘proq yangiliklar: