Baffet boyligi 100 milliard dollardan oshgan oltinchi oligarx bo‘ldi

Iqtisodiyot 14:17 / 11.03.2021 8911

Shunday qilib, Baffet boyligi 100 milliard dollardan ortgan oltinchi tadbirkor. Undan tashqari, Amazon egasi Jyeff Bezos (179,6 mlrd dollar), Tesla va SpaceX rahbari Ilon Mask (165,1 mlrd dollar), Dior va Louis Vuitton xo‘jayini Bernar Arno (158,5 mlrd dollar) hamda Microsoft hammuassisi Bill Geyts (125,6 mlrd dollar) shunday natijaga erishishgan.

Baffetning Berkshire Hathaway kompaniyasi 2021 yilni juda yaxshi boshladi, deya e'tirof etadi Bloomberg. A toifadagi kompaniya aksiyalari bu yil 15 foizga qimmatladi va AQShning S&P 500 indeksidagi eng yirik kompaniyalarning kapitalizatsiyasini ortda qoldirdi. Bunga Berkshire’ning o‘z aksiyalarini sotib olgani sabab bo‘ldi. Kompaniya o‘z aksiyalarini sotib olish uchun o‘tgan yili rekord miqdordagi 24,7 mlrd va 2021 yilning fevralida 4,2 mlrd dollar sarfladi, deb yozadi agentlik o‘z hisobotida.

Baffet boyligining bir qismini xayriyaga ajratganini hisobga olsak, 100 mlrd dollarlik marrani bosib o‘tish yanada dolzarbroq ko‘rinish oladi. 2006 yildan beri u qiymati 37 mlrd dollarga teng aksiyalarini ehson qilgan. Undan tashqari, u Bill Geyts bilan birgalikda The Giving Pledge (Hadya qilish qasami) loyihasini ishga tushirgan bo‘lib, loyihaga qo‘shilmoqchi bo‘lganlar o‘z boyligining kamida yarmini xayriyaga sarflashi kerak bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: