Germaniyada koronavirus cheklovlari yumshatila boshlandi

Jahon 21:45 / 08.03.2021 2203

Germaniyaning qator regionlarida koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan cheklov choralari yumshatila boshlandi.  

Endilikda ikkita oilaning besh nafar a'zosi uchrashishiga ruxsat beriladi, ko‘chada esa o‘n nafargacha odam guruh bo‘lib yig‘ilishi mumkin. Shuningdek, nooziq-ovqat do‘konlari ishlashiga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi.

Qator regionlarda muzey, galereya, hayvonot va botanika bog‘lari ochildi. Gap Baden-Vyurtemberg, Gessen, Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Saar, Saksoniya-Anxalt shaharlari to‘g‘risida ketmoqda.

Berlin va Hamburgda kosmetika va tatu-salonlari ishlashiga ruxsat berildi.

Avvalroq Germaniya kansleri Angela Merkel 8 martdan federal yerlar epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib cheklov choralarini yumshatish bo‘yicha o‘zlari mustaqil qaror chiqarishlari mumkinligini aytgandi.

Shu bilan birga, Germaniyada umumiy karantin rejimi 28 martgacha uzaytirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: