Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen va AQSh prezidenti Jo Bayden rasmiy Bryussel va Vashington o‘rtasida Boeing va Airbus aviatsiya kompaniyalariga beriladigan subsidiyalar atrofidagi ko‘p yillik mojaroni hal qilishga bel bog‘lashgan.
Yevroittifoq hamda AQSh Boeing va Airbus atrofidagi ko‘p yillik mojaroni bartaraf etish uchun to‘rt oy muddatga barcha bojxona to‘lovlarini bekor qilib turishga kelishib olishdi. «Bu qadam transatlantik munosabatlarni qayta yo‘lga qo‘yishni tamsil qiladi», deydi Yevrokomissiya rahbari Ursula xonim 5 martda Jozef Bayden bilan bo‘lgan telefon muloqotidan so‘ng. Ikkala taraf ham savdo mojarosining hal etilishini sabrsizlik bilan kutishayotganini izhor qilishgan.
Glad to speak to @POTUS @JoeBiden this afternoon.
— Ursula von der Leyen (@vonderleyen) March 5, 2021
As a fresh start for our 🇪🇺🇺🇸 partnership we agreed to suspend all tariffs related to the Airbus-Boeing disputes on aircraft & non-aircraft producs for an initial period of 4 months. We also committed to solving these disputes.
Boeing va Airbus subsidiyasi atrofidagi YeI va AQSh o‘rtasidagi mojaro
Boeing va uning yevropalik raqobatchisi Airbus uchun beriladigan davlat yordami munozarasi 16 yildan beri davom etib keladi. Jahon savdo tashkiloti subsidiyalarning bir qismi har ikkala kompaniya uchun mumkin emas, deb tan olgan.
2018 yilda AQShning bir qator tovarlari uchun Yevropa solgan jarimalar oziq-ovqat mahsulotlari, Harley-Davidson jinsi va mototsikllariga ham daxl qilgan. 2019 yilda Jahon savdo tashkiloti AQShga Yevropaning 7,5 milliard yevro miqdoridagi tovar va xizmatlariga boj joriy qilishini ma'qulladi. Bundan Airbus samolyotlari, vino, pishloq va zaytun moyi jabr ko‘rgan.
2020 yilning oktyabrida JST Yevroittifoqqa AQShdan import qilinadigan yiliga 3,4 milliardlik tovarlarga jarima bojlarini kiritishiga ruxsat berdi. Yangi jarimalar noyabrdan kuchga kirib, qishloq xo‘jalik mahsulotlari va sanoat tovarlariga daxl qildi. Vashington keyinroq Germaniya va Fransiyadan keladigan samolyot butlovchi qismlari, muayan fransuz va nemis vino hamda brendilariga bojlar joriy qildi.