«Rosselxoznadzor» pomidor importiga qo‘yilgan ba'zi cheklovlarni bekor qildi

Iqtisodiyot 15:58 / 05.03.2021 6036

Qaror Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining kafolati bilan, shuningdek, belgilangan miqdorda pomidorning jigarrang bujmayish virusi (ToBRFV) yo‘qligi bo‘yicha laboratoriya tekshiruvlari natijalari asosida qabul qilingan.

Quyidagi kompaniyalarga pomidor olib kirishga ruxsat beriladi:

  • «Taraqqiyot sari servis» MChJ (Qashqadaryo viloyati);
  • «Qashqadaryo parnik taraqqiyot invest» MChJ (Qashqadaryo viloyati);
  • «Saidazimxon» MChJ (Qashqadaryo viloyati);
  • «Zarafshon grand bolgari» MChJ (Navoiy viloyati);
  • «KARMANA AGROTRADING» (Navoiy viloyati);
  • «Maftunkor Bahor» (Navoiy viloyati).

Ma'lumot uchun, 2020 yilning 26 noyabrida «Pomidor jigarrang bujmayish virusi» sababli respublikaning ayrim hududlariga Rossiya tomonidan vaqtinchalik taqiq joriy etilgan edi.

Dastlab, Farg‘ona viloyatidan eksport qilingan bulg‘or qalampiri va pomidor tarkibida zararkunanda topilgani vaji bilan ushbu hududdan ayni mahsulotlarni import qilishga taqiq qo‘yilgandi.  

Keyinroq, «Rosselxoznadzor» O‘zbekistonning «Sunny land export» kompaniyasi tomonidan eksport qilingan mahsulot tarkibida «Tomato brown rugose fruit virus» aniqlangani vaji bilan Navoiy va Qashqadaryodan pomidor importiga taqiq joriy etgandi.

«Rosselxoznadzor» 2020 yil 18 dekabrdan boshlab Farg‘ona viloyatida joylashgan 7ta korxonadan pomidor va qalampir mahsulotlarini Rossiya hududiga olib kirishga ruxsat bergan.

Rossiyaning Veterinariya va fitosanitariya bo‘yicha federal xizmati 2021 yil 1 yanvardan boshlab, O‘zbekiston hukumati huzuridagi «O‘zdavkarantin» inspeksiyasi kafolati ostidagi 34ta kompaniyaga pomidorlarni Rossiyaga eksport qilishga rozilik bergan.

Shuningdek, Rossiya hukumati quritilgan mahsulotlarni eksport qiluvchilar majburiy ravishda korxona nomi va manzili, mahsulot markirovkasini ko‘rsatishi shartligini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: