Germaniyada milliy miqyosdagi epidemiya rejimi uch oyga uzaytirildi

Jahon 19:34 / 04.03.2021 1504

Germaniya bundestagi koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan milliy miqyosdagi epidemiya rejimining amal qilish muddatini uch oyga – 30 iyungacha uzaytirdi. Bu boradagi tegishli qonun 4 mart kuni qabul qilindi.

Milliy miqyosdagi epidemiya rejimi nooziq-ovqat do‘konlarining yopilishi va ijtimoiy muloqotlarni kamaytirish kabi cheklov choralarini kiritish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 

 Avvalroq mamlakatda amal qilib kelayotgan lokdaun 28 martgacha uzaytirilgandi. Shu bilan birga, hukumat 8 martdan ayrim cheklovlarni olib tashlashga qaror qilgan. Xususan, kitob va gul do‘konlari, kosmetika salonlari, avtomaktablar va uchuvchilar tayyorlash bilim yurtlari ochiladi. Bundan tashqari, har bir fuqaro haftada bir marta koronavirusga bepul ekspress-test topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Germaniyada koronavirus yuqtirganlar soni 2,5 millionga yaqinlashgan, 71,7 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: