COVAX yoz fasligacha 142 mamlakatga qariyb 240 mln doza vaksina tarqatadi

Jahon 23:30 / 02.03.2021 1814

May oxiriga qadar COVAX dasturi bo‘yicha 142 mamlakatga 237 million doza AstraZeneca vaksinasini yetkazib beradi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Yetkazib berish muddati turli omillar, jumladan, muvofiqlashtiruvchi organlarning talablari, tasdiqlangan milliy emlash rejalariga bog‘liq bo‘ladi.

Qo‘shimcha qilinishicha, yilning birinchi choragida 1,2 million doza Pfizer-BioNTech vaksinasini ham yetkazib berish rejalashtirilgan.

COVAX’ning vazifasi 2021 yil oxirigacha JSST tomonidan tasdiqlangan 2 milliard doza xavfsiz va samarali vaksinani taqsimlashdan iborat. Vaksinalar barcha qatnashchi davlatlar o‘rtasida ularning aholi soniga mutanosib holda teng taqsimlanadi.

O‘tgan haftada Gana COVAX dasturi bo‘yicha vaksina olgan dunyodagi birinchi mamlakat bo‘ldi.

2 mart kuni esa Angolaga ushbu dastur doirasida 600 ming dozadan ortiq koronavirusga qarshi vaksina yetkazib berildi.

Ko‘proq yangiliklar: