DSQ: 7 mingdan ortiq korxonada «soxta» operatsiyalarni amalga oshirish fakti tasdiqlandi

Iqtisodiyot 18:24 / 01.03.2021 3708

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning murojaatlari asosida faoliyati «shubhali» deb topilgan korxonalarda kameral soliq tekshiruvlari tashkil etilgan. DSQ axborot xizmati ma'lum qilishicha, joriy yilning 1 mart holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami 7441ta korxonada 822,5 milliard so‘mlik asossiz hisob (zachyot)ga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summalariga aniqlik kiritish bo‘yicha kameral soliq tekshiruvlari yakunlangan.

Natijada:

  • 7321ta, ya'ni 98,4 foiz korxonada (762,4 milliard so‘m) «soxta» operatsiyalarni amalga oshirish faktlari tasdiqlangan;
  • shundan, 106ta (12,1 milliard so‘m) tashkilotda QQS summasini noqonuniy hisob (zachyot)ga olish fakti qisman tasdiqlangan;
  • 120ta, ya'ni nazorat tadbirlari o‘tkazilgan 1,6 foiz soliq to‘lovchilar tomonidan 18,6 milliard so‘mlik QQS summasini to‘g‘ri hisob (zachyot)ga olgani holatlari bo‘yicha asoslovchi hujjatlar taqdim etilgan. Shu sababli ulardan ortiqcha olingan mablag‘larni qaytarish bo‘yicha tezkor jarayonlar boshlangan.

Shuningdek, kameral soliq tekshiruvlari jarayonida 156ta korxona tomonidan QQS summasini to‘g‘ri hisobga olish bilan bog‘liq yo‘l qo‘yilgan boshqa huquqbuzarliklar ham aniqlanib, ularga nisbatan 5,8 milliard so‘mlik qo‘shimcha soliqlar belgilangan.

DSQ tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summalarini noqonuniy kamaytirishga qaratilgan shubhali bitimlarni amalga oshirgan 396ta tadbirkorlik sub'yektlarining ro‘yxati shakllantirilgandi.

«Obnalchi firmalar» bilan kurash boshlangani, «obnalchilar» mojarosi yuzasidan tadbirkorlarning noroziligi haqida ma'lumot berilgandi.

Davlat soliq qo‘mitasining «Lozim darajadagi ehtiyotkorlik» tizimi orqali aniqlangan 396ta shubhali korxona bilan aloqada bo‘lgan 2960ta korxona, dastlabki tekshiruv natijalariga ko‘ra, soliq xavfi past bo‘lgani uchun hisobraqamlariga kiritilgan inkasso topshiriqlari joriy yil birinchi martiga qadar bekor qilingan

DSQ raisi Sherzod Kudbiyev Shubhali korxonalar bilan hamkorlik qilgan 10 mingga yaqin tadbirkorlardan budjetga to‘lanmagan QQS summasi undirilishi – «obnalchilar» masalasi yuzasidan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qilib, tadbirkorlarga QQS summasini to‘lash uchun 6 oylik amnistiya berilishi ma'lum qilingandi.

Ekspert Yuliy Yusupov Davlat soliq qo‘mitasining «obnalchi»larga qarshi olib borayotgan xatti-harakatini sog‘lom fikr va qonunni mazax qilish deb baholagan.

Ko‘proq yangiliklar: