2021 yilda Tojikiston ikki mamlakatga elektr energiyasi eksporti hajmini oshirishni rejalashtirmoqda.
«Barki Tojik» davlat holding kompaniyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Mahmadumar Asozoda matbuot anjumanida 2021 yilda Tojikiston elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha Afg‘oniston va O‘zbekistonning mas'ul idoralari bilan shartnomalar imzolaganini ma'lum qilgan.
Asozodaning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda Afg‘onistonga har kuni 50 MVt elektr energiyasi eksport qilinmoqda. Aprel oyidan boshlab elektr energiyasini yetkazib berish hajmini 400−450 MVt.ga yetkazish rejalashtirilgan.
«Elektr energiyasi Afg‘onistonga ikkita elektr uzatish liniyasi orqali eksport qilinadi –110 kV va 220 kV liniyalari. 110 kV elektr uzatish liniyalari orqali yetkazib beriladigan elektr energiyasining narxi bir kilovatt uchun 3 sentni, 220 kV uchun esa 4,5 sentni tashkil etadi va yillik o‘sishi 3 foizni tashkil etmoqda», deya ta'kidlagan «Barki Tojik» kompaniyasi raisi o‘rinbosari.
Asozodaning ta'kidlashicha, O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berish mavsumiydir. Kelishuvda 1,5 milliard kVt/soat elektr energiyasini eksport qilish ko‘zda tutilgan.