Moody’s: O‘zbekistondagi tizimli islohotlar kredit reytingini barqarorlashtirdi, ammo qiyin islohotlar hali oldinda

Iqtisodiyot 12:18 / 24.02.2021 5600

2016 yildan beri O‘zbekiston hukumati amalga oshirgan tizimli islohotlar iqtisodiyotdagi ko‘plab samarasiz xatti-harakatlarni bartaraf etdi, ammo siyosiy va ijro etilishi qiyin bo‘lgan eng qiyin islohotlar hali oldinda. Bu haqda Moody’s Investors Service reyting agentligi ma'lum qilgan.

«O‘zbekistonning hozirgi islohotlar kun tartibi ham ijobiy ham salbiy bosimlar manbayi hisoblanadi. Davlat nazoratini yumshatish, hukumat tashkilotlarini isloh qilish va tashqi siyosatni qayta tashkil qilish O‘zbekiston reytingining asosiy cheklovi bo‘lgan institutsional zaifliklarni bartaraf etadi.

Shu bilan birga, ichki iqtisodiyotni xususiy va xalqaro raqobat uchun ochish iqtisodiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin», deydi Moody’s agentligi vitse-prezidenti yordamchisi va tahlilchisi Nishad Majmuadar.

Xususan, so‘nggi yillarda hukumat narxlarni nazorat qilishni bekor qildi, chet el valutasini sotib olishdagi cheklovlarni olib tashladi va qishloq xo‘jaligi va yer islohotlarini amalga oshirdi, shuningdek, sud tizimini qayta qurish davom etmoqda.

Uzoq muddatli istiqbolda O‘zbekiston yanada murakkab islohotlarga duch keladi, shu jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashadigan samarali mexanizmni barpo etish va iqtisodiyotda hukmronlik qiladigan va ko‘pincha raqobatdan saqlanadigan 500dan ortiq davlat korxonalarini xususiylashtirishi kerak.

O‘zbekistonning davlat qarzi 2023 yilgacha o‘sishda davom etsa-da, B darajali o‘rtacha kredit reytingidan past bo‘lib qoladi. Davlat qarzi o‘sishi valuta kursi ko‘tarilishiga bog‘liq, chunki umumiy davlat qarzining 90 foizi chet el valutasida olingan. Shuningdek, bank sektorining katta qismi xorijiy valutada ish yuritadi.

Ko‘proq yangiliklar: