«Atletiko» – «Chelsi», Immobile Levandovskiga qarshi. YeChL 1/8 final o‘yinlari oldidan

Sport 19:02 / 23.02.2021 7498

«Chelsi» to‘rt yil avvalgi natijasini takrorlay oladimi?

Tomas Tuxel «Pari Sen-Jyermen»ni 1/8 finalga olib chiqqan bo‘lsa-da, oradan ikki oy o‘tib 1/8 final bosqichida «Chelsi»ni bosh murabbiy sifatida maydonga boshlab tushadi. Nemis mutaxassisi boshqaruvidagi jamoani «Atletiko»ga qarshi juda qiyin ikki o‘yin kutib turibdi. Diyego Simeone boshchiligidagi madridliklar YeChL doirasida uy stadioni «Metropolitano»da mehmonlarga mehmonnavozlik ko‘rsatadigan klub emas - «hindular» so‘nggi 29 o‘yinda bor-yo‘g‘i bitta mag‘lubiyatga uchragan. Qizig‘i, o‘sha mag‘lubiyat aynan «Chelsi» tomonidan qabul qilib olingan. London klubi 2017/18 yilgi mavsumda «Atletiko» maydonidan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgandi. «Aristokratlar» turnir doirasidagi so‘nggi safar o‘yinida ham Ispaniyaning «Sevilya» klubini yirik 4:0 hisobida taslim qilgan. Biroq qayd etish joiz, bu safargi bahs Ispaniya emas, Ruminiya poytaxti Buxarestdagi «Nasional» stadioniga ko‘chirilgan. Simeone jamoasi rasmiy mezbonlikdagi o‘yinida 4 yillik mag‘lubiyatsiz an'anasini davom ettira olarmikan yoki «Chelsi» 4 yil avvalgi natijasini takrorlaydimi?

YeChL. 1/8 final. Dastlabki uchrashuv

23 fevral (seshanba)

«Atletiko» - «Chelsi»

O‘yin boshlanish vaqti: 01:00

TV-translatsiya: UzReportTV

«Atletiko»: Oblak; Lorente, Savich, Felipe, Ermoso, Lodi; Koke, Kondogbia, Saul; Feliks, Suares

O‘ynamaydi: Tripper (diskvalifikatsiya), Errera (jarohat), Ximenes (jarohat), Karrasko (jarohat), Vrsalko (jarohat)

«Chelsi»: Mendi; Aspilikueta, Zuma, Ryudiger; Jyeyms, Kante, Kovachich, Alonso; Maunt, Jiru, Verner

O‘ynamaydi: Tyago Silva (jarohat)

So‘roq ostida: Abraham (jarohat)

Immobile – Levandovski dueli

Oqshomning yana bir to‘qnashuvi Immobile va Levandovski yetakchiligidagi «Latsio» hamda «Bavariya» o‘rtasida kuzatiladi. Yakunlangan mavsumda Levandovski «Oltin to‘p»dan boshqa deyarli hamma sovrinlarni yutib oldi. Ammo Yevropa milliy chempionatlarining eng yaxshi to‘purariga topshiriladigan «Oltin butsa» Immobilega nasib qilgandi. Bu yil italiyalik goleador ichki turnirlarda polshalik forvardning sermahsulligini takrorlay olmayotgan bo‘lsa-da, Chempionlar ligasida 5ta gol kiritib, Levandovskidan (3ta gol) yaxshiroq natija qayd etmoqda. Ikki hujumchining duelida qaysi biri o‘yin taqdirini hal eta olishi mumkinligini bugun Rimdagi «Olimpiko» o‘yingohida ko‘ramiz.

23 fevral (seshanba)

«Latsio» - «Bavariya»

O‘yin boshlanish vaqti: 01:00

TV-translatsiya: UzReportTV

«Latsio»: Reyna; Patrik, Acherbi, Muzakko; Latssari, Milinkovich-Savich, Lukas Leyva, Luis Alberto, Marushich; Korrea, Immobile

O‘ynamaydi: Radu (jarohat), Luis Felipe (jarohat)

So‘roq ostida: Strakosha (jarohat)

«Bavariya»: Noyyer; Zyule, Boateng, Alaba, Devis; Kimmix, Roka; Sane, Goretska, Koman; Levandovski

O‘ynamaydi: Pavar (jarohat), Myuller (jarohat), Tolisso (jarohat), Gnabri (jarohat), Kosta (jarohat), Nyubel (jarohat), Nyanzu (jarohat).

Ko‘proq yangiliklar: