Markaziy bank joriy yilning 22-28 mart kunlari dunyo bo‘ylab o‘tkaziladigan «Umumjahon pul haftaligi»ni («Global Money Week») O‘zbekistonda o‘tkazish rejalashtirilganini ma'lum qildi.
«Umumjahon pul haftaligi» doirasida respublika miqyosida keng ko‘lamli ta'lim va ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Amalga oshiriladigan barcha tadbirlar Markaziy bank tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Ma'lumot uchun: «Global Money Week» – bolalar va yoshlarning moliya bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan har yili o‘tkaziladigan global ta'lim kampaniyasi. Moliyaviy ta'limning hamda bolalar va yoshlarni moliya sohasiga jalb qilishning muhim ahamiyati to‘g‘risida xabardorlikni oshirish maqsadida dunyoning turli mamlakatlari ishtirok etishadi. 2020 yilda ushbu tadbirga 175 mamlakat jalb qilingan.