Rossiyada koronavirusga qarshi uchinchi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazildi

Jahon 16:58 / 20.02.2021 3468

Rossiyada koronavirusga qarshi uchinchi vaksina ro‘yxatga olindi.

"Bugun "KoviVak" vaksinasi ro‘yxatga olinganini qayd etamiz, uni Chumakov nomidagi markaz ishlab chiqqan. Mart o‘rtalarida dastlabki 120 ming doza vaksina fuqarolar uchun chiqariladi", - deb ma'lum qildi Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin.

Uning bildirishicha, Rossiya koronavirusga qarshi uchta vaksinaga ega dunyodagi yagona mamlakat bo‘ldi.

"KoviVak" hozircha klinik sinovlarning uchinchi bosqichidan o‘tkazilmagan. Sinovlar u ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin boshlanadi.

Hozirda Rossiyada aholi asosan "Sputnik V" vaksinasi bilan emlanmoqda. Mamlakatda shuningdek, "EpiVakKorona" vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan va ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan.

10 fevral holatiga ko‘ra, Rossiyada 1,7 mln kishi ikki doza, 2,2 mln kishi esa bir doza vaksina bilan emlangan.

Mixail Mishustinning ma'lum qilishicha, bugunga qadar 10 mln dozadan ortiq "Sputnik V" va 80 ming dozaga yaqin "EpiVakKorona" vaksinasi ishlab chiqarilgan.

Ko‘proq yangiliklar: