Yanvar oyida O‘zbekistonga jismoniy shaxslar tomonidan 427 mln dollar pul jo‘natilgan

Iqtisodiyot 13:29 / 16.02.2021 5103

Markaziy bank 2021 yilning yanvar oyida respublikaga kelib tushgan jismoniy shaxslarning xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari haqida ma'lumot berdi.  

Qayd etilishicha, o‘tgan oydagi xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 427 million dollarni tashkil etgan. Bu miqdor 2020 yilning mos davriga nisbatan 27 million dollarga yoki 7 foizga oshganini ko‘rsatmoqda.

Chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori esa 101 million dollarga yetdi. Natijada xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo 326 million dollarni tashkil etdi.

Yaqinda 2020 yilda O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 6,03 milliard dollarni tashkil etib, 2019 yilga nisbatan 17 million dollarga yoki 0,3 foizga oshgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: