2020 yilda O‘zbekistonda elektr energiya ishlab chiqarish rejadagi 58,4 mlrd kilovatt o‘rniga 60,7 mlrd kilovatt elektr energiya ishlab chiqarilgan. Bu rejaga nisbatan 103 foizga bajarilgan hisoblanadi. 2021 yilda 56,7 mlrd kilovatt elektr energiya ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.
«Dunyoda energoresurslar cheklangan, energoresurslarni tejashimiz kerak. Tizimdagi asosiy uskunalar 25-30 yil avval o‘rnatilgan bo‘lib, ishlab chiqish samaradorligi juda past. Bosqichma-bosqich energosamarador uskunalar yo‘lga qo‘yilmoqda.
Energetika vazirligi kelajakda muqobil energiya turlaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. 2030 yilgacha O‘zbekistonda 5000 megavatt quyosh elektr stansiyalari, 3000 megavatt shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi», degan Oybek Zohidov.
Muqobil energiya turlariga o‘tish orqali yoqilg‘i zaxiralari iqtisod qilinishi, natijada narxlar pasayishi yuzaga kelib, iste'molchilar uchun ham yengillik yaratilishi qayd etib o‘tilgan.