Buyuk Britaniyada koronavirusning yana ikkita yangi mutatsiyasi aniqlandi

Jahon 00:33 / 10.02.2021 18697

Britaniyalik mutaxassislar mamlakat hududida koronavirusning yana ikkita yangi mutatsiyasini aniqlashdi, deb xabar bermoqda Sky News telekanali.

Bristolda topilgan virus shtammi "xavotirga soluvchi" deb hisoblanmoqda.

Telekanalning ma'lumot berishicha, u ham ancha yuqumli, ammo mutatsiya unga immunitetga qarshi kurashish imkonini beradi. Bu esa virus qaysidir darajada vaksinaga ham qarshilik ko‘rsatishi mumkinligini bildiradi.  

Liverpulda aniqlangan ikkinchi variant esa "o‘rganilish bosqichida" ekanligi aytilmoqda. Ammo aniqlangan har ikki variantning xususiyati Janubiy Afrika shtammi bilan o‘xshash, deyiladi Sky News xabarida.

Shu bilan birga, Buyuk Britaniyada “Janubiy Afrika shtammi”ni yuqtirish bilan bog‘liq 147ta holat qayd etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: