JSST AstraZeneca vaksinasini qayta tekshiruvdan o‘tkazadi

Jahon 16:54 / 09.02.2021 1949

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti AstraZeneca vaksinasi sinovi natijalari bilan yana bir marta tanishib chiqish uchun immunizatsiya bo‘yicha ekspert va mutaxassislardan iborat komissiya tuzdi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.

 Yakshanba kuni JARda Angliya-Shvetsiya kompaniyasi ishlab chiqqan vaksina bilan emlash kampaniyasi to‘xtatildi.

JARdagi Vitvatersrend universiteti Oksford universiteti bilan hamkorlikda 2 ming kishida o‘tkazgan tadqiqotda ma'lum bo‘lishicha, koronavirusning Janubiy Afrikada aniqlangan turiga AstraZeneca vaksinasi ta'sir qilmagan.

Janubiy Afrika genom nazorati tizimi rahbari Tulio de Oliveyraning so‘zlariga ko‘ra, olingan ma'lumotlar xavotirli bo‘lib, butun dunyoda koronavirus ustidan nazoratni kuchaytirishni talab qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: