2020 yilda O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar o‘nligi ma'lum qilindi

Iqtisodiyot 17:34 / 09.02.2021 26036

2020 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda jami soliq tushumlarining miqdori 103,6 trillion so‘mni tashkil etgan.

Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasidan ma'lum qilishlaricha, 103,6 trillion so‘mdana 67,7 trillion so‘mi yirik soliq to‘lovchilar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Yirik soliq to‘lovchilar soni 2020 yilda 836ta bo‘lgan bo‘lsa, 2021 yilda 1120taga yetgan.

Eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar o‘nligi quyidagicha:

  1. «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi (10ta yirik soliq to‘lovchilar tushumlarining 50 foizi)
  2. «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ (20 foiz)
  3. «O‘ztransgaz» AJ (8 foiz)
  4. «O‘zbekneftgaz» AJ (7 foiz)
  5. «O‘ZBAT» AJ QK (4 foiz)
  6. «Lukoyl»(3 foiz)
  7. «O‘zavto Motors» AJ (3 foiz)
  8. «O‘zbektelekom» AJ (2 foiz)
  9. «Hududgazta'minot» AJ (2 foiz)
  10. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi MChJ (1 foiz)

Ko‘proq yangiliklar: