Jizzax shahrining sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi.

Akbar Safarovich Shukurov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - «O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish» unitar korxonasi direktori etib tayinlandi.
Akbar Shukurov 2011-2017 yillarda Samarqand shahri hokimi, 2017-2018 yillarda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. U 2018 yil aprelida Jizzax shahri hokimi lavozimiga tayinlangan, 2021 yil yanvarida lavozimidan ozod etilgandi.