2021 yilda O‘zbekistonda Islom taraqqiyot banki boshqaruvchilari kengashining yillik anjumani o‘tkaziladi

Iqtisodiyot 14:32 / 03.02.2021 2138

2021 yilda O‘zbekistonda Islom taraqqiyot banki (ITB) boshqaruvchilari kengashi yillik anjumani o‘tkaziladi. Bu 2017–2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida alohida vazifa sifatida belgilab qo‘yilgan.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazining bosh mutaxassisi Farrux Hakimovning ma'lum qilishicha, 2021 yilga mo‘ljallangan davlat dasturini amalga oshirishga oid prezident farmoni bilan dastur dastlabki loyihasida nazarda tutilgan xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash, shuningdek, o‘zaro foydali va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirishga oid beshinchi yo‘nalishga bir qator o‘zgartirishlar kiritilgan.

Xususan, 18-27 yanvar kunlari umumxalq muhokamasi uchun e'lon qilingan davlat dasturining beshinchi yo‘nalishdagi O‘zbekistonning shaxsga doir ma'lumotlar sohasidagi qonunchiligini takomillashtirishni nazarda tutuvchi bandi hamda parlamentlararo diplomatiyani, shu jumladan mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar (ShHT, TTDHK, MDH, YeXHT va boshqalar) doirasida hamda qo‘shni davlatlar bilan izchil rivojlantirishga qaratilgan band chiqarib tashlangan. Bu bandlar o‘rniga Islom taraqqiyot banki (ITB) boshqaruvchilari kengashi yillik anjumanini 2021 yil O‘zbekistonda o‘tkazish va unga tayyorgarlik ko‘rish vazifalari kiritilgan.

Ko‘proq yangiliklar: