Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, Nexia avtomobilini boshqarib borgan 26 yoshli Bekzod M. 38 yoshli piyoda Toshkent viloyatida yashagan Sa'dulla M.ni urib yuborgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda tibbiyot muassasasiga yetib bormasdan hayotdan ko‘z yumgan.
YTHning taxminiy sababi - haydovchi yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani ko‘rmay qolgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.