O‘qishni ko‘chirish va tiklash bilan bog‘liq arizalar bir yilda ikki marta ko‘rib chiqiladi – vazirlik

Jamiyat 18:11 / 01.02.2021 6760

«Amaldagi me'yoriy hujjatlar bo‘yicha talabalarning o‘qishini ko‘chirish yoki tiklash asosan o‘quv yilida ikki marotaba o‘tkaziladi: bu qishda va yozda.

Qishki ko‘chirish asosiy talabalar va fuqarolar uchun. Asosiy degani bu bir joydan boshqa joyga oilaviy ko‘chish, davlat xizmati bo‘yicha yoki turmushga chiqish orqali yashash joyi o‘zgarishi yoki harbiylarning xizmatlari bir joydan boshqa joyga ko‘chganda ularning farzandi yoki oila a'zolari oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan bo‘lsa, turdosh yo‘nalishdagi xizmatga borayotgan hududga ko‘chirib berish.

Yozgi ko‘chirish va tiklashlar uchun arizalar har yili 15 iyuldan 5 avgustgacha qabul qilinadi. Mana shu tartibda qo‘shni davlatda o‘qiydimi yoki uzoq xorijda o‘qiydimi, mana shu yozgi muddatda hujjat topshirish vakolati bor», deya Abduvali Xoliqovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

O‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talaba o‘qish joyisiz qolib ketdi. Qanday qilib?

Pandemiya bahonasida oliy ta'limda nimalar o‘zgarishi kerak?

Vazirlik mulozimi 2020 yilning mart oyida o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirganlar haligacha qo‘shni davlatlardagi oliy ta'lim muassasalaridan hujjatlarini olishda murakkabliklarga duch kelishayotganiga ham munosabat bildirdi.

«Bunday holatlar bo‘yicha bizga ham murojaatlar bo‘lib turibdi. Shuni esdan chiqarish kerak emaski, fuqaroning hujjatiga fuqaroning o‘zi javobgar hisoblanadi. Agarda u davlat tomonidan yoki vazirlik, tegishli oliy ta'lim muassasasiga shartnomalar asosida qo‘shni yoki boshqa davlatga yuborilgan bo‘lsa, bizdagi yuborgan oliy ta'lim muassasasi uning hujjatlarini qaytarib olib kelishga mas'ul.

Lekin fuqaro o‘zaro shartnoma asosida ketgan bo‘lsa, u o‘sha shartnomada ko‘rsatilgan barcha talablarni bajarishi yoki tegishli hujjatlari bo‘yicha uni bekor qilishi uning o‘zini vakolatida, U yerda bizning davlat oliy ta'lim muassasasining aralashishga vakolati yo‘q.

O‘qishini ko‘chirgan talabalarning ma'lum bir foizi hali hujjatlarini olib kelgani yo‘q, lekin ular bizdagi amaldagi me'yoriy hujjatlar bo‘yicha olib kelishga majbur. Chunki talaba shu paytgacha o‘quv dasturini qaysi darajada o‘zlashtirgani (maktab, kollej yoki litseyni) haqidagi davlat namunasidagi hujjati yo‘q. U yerdagi to‘lov-kontraktlarini to‘lashi ularning o‘zaro shartnomasiga bog‘liq va bizning oliy ta'lim bunga javob bermaydi», deydi Abduvali Xoliqov.

O‘qishini ko‘chirish yoki tiklash bo‘yicha arizasi rad etilgan talabalar uchun apellyatsiya bo‘lmaydi — vazirlik

Qanday hollarda xorijda o‘qiyotgan talabalarning o‘qishi O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalariga ko‘chirilmasligi ma'lum qilindi

Ko‘proq yangiliklar: