Portugaliyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat og‘irlashmoqda

Jahon 21:20 / 31.01.2021 6649

Mamlakatda kasallanish holatlari bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlar qayd qilinmoqda. Portugaliyaning qit'adagi qismida koronavirusni og‘ir o‘tkazayotganlar uchun shifoxonalarning intensiv davolash bo‘limlarida jami 850ta o‘rin bor bo‘lib, 30 yanvar holatiga ko‘ra ulardan 843tasi band bo‘lgan.
 
Portugaliya hukumati mamlakatda va uning tashqarisida koronavirus tarqalishini to‘xtatish maqsadida o‘z fuqarolariga kamida 15 kunga mamlakatni tark etishni taqiqlagan.

Hukumat vaziyatni o‘ta jiddiy deb atamoqda, chunki sog‘liqni saqlash tizimi tushayotgan yuklamani eplay olmayapti. Hukumat og‘ir vaziyatdan chiqish uchun xorijdan shifokorlar va hamshiralarni yollashga ruxsat bergan. 

Germaniya bundesveri bunday og‘ir vaziyatda Portugaliyani qo‘llab-quvvatlashga qaror qilgan va u yerga tibbiy xodimlar hamda qurilmalar jo‘natadi. Spiegel nashrining xabar berishicha, nemis harbiylari Portugaliyaga 3 haftaga 27 nafar shifokor va feldsherni, o‘pkani sun'iy shamollatish qurilmalarini, bemorlar uchun karavotlar yuborishni rejalashtirmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: