Vengriya YeIda birinchi bo‘lib Xitoyning koronavirusga qarshi vaksinasidan foydalanishga ruxsat berdi

Jahon 19:53 / 29.01.2021 3253

Vengriya oziq-ovqat va dori mahsulotlarini nazorat qilish boshqarmasi Xitoyning Sinopharm kompaniyasi ishlab chiqqan koronavirusga qarshi vaksinani ma'qulladi. Shu tarzda Vengriya Xitoy vaksinasini ma'qullagan YeIdagi birinchi mamlakat bo‘ldi.

"Bugun farmakologiya va ovqatlanish milliy instituti Sinopharm vaksinasini ma'qulladi", - deb ma'lum qildi mamlakat bosh sanitar vrachi Sesiliya Myuller.

Avvalroq Vengriya bosh vaziri Viktor Orban mamlakat yaqin kunlarda Sinopharm bilan vaksina sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolashini aytgandi. 

 Vengriya shuningdek, YeIda birinchi bo‘lib "Sputnik V" vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazgandi.

Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 363 mingdan ortiq kishi koronavirus yuqtirgan, 12 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: