Kattaqo‘rg‘onda bedarak yo‘qolgan qiz topildi
Zo‘ravonlikka uchraganidan so‘ng bedarak yo‘qolgan kattaqo‘rg‘onlik voyaga yetmagan qiz oradan qariyb 20 kun o‘tganidan so‘ng topildi.

Joriy yilning 20 yanvar kuni Kattaqo‘rg‘on shahrida 16 yoshli maktab o‘quvchisi P.E.ga nisbatan jinsiy tajovuz qilingani haqida tahririyatga murojaat kelib tushdi. Qizning qarindoshlari 10 yanvardan beri P.E. bedarak ketib, topilmayotganini ma'lum qilgandi.
Samarqand viloyat IIB P.E.ni qidirish bo‘yicha keng qamrovli tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilayotganini bildirgan.
Bugun, 29 yanvar kuni, viloyat IIB axborot xizmati qiz topilganini ma'lum qildi.
«Samarqand viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida P.E. Navoiy viloyati hududidan topilib, uyiga qaytarildi», deyiladi IIB xabarida.
IIB vakillari ayni vaqtda qizning sog‘-salomat ekanligini bildirmoqda.
Mavzuga oid

17:52 / 10.02.2025
«Afrosiyob» poyezdi Kattaqo‘rg‘onda to‘xtab o‘tishni boshladi

21:10 / 03.01.2025
«Afrosiyob» poyezdi endi Kattaqo‘rg‘onda ham to‘xtab o‘tadi

09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi

10:13 / 01.08.2024