Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi

Jamiyat 09:10 / 20.12.2024 9310

Bolalar ombudsmani xabariga ko‘ra, voyaga yetmagan K.U. go‘yoki A.R. haqida nomaqbul gaplar aytganini u boshqalardan eshitgach, A.R. istirohat bog‘ida qizni yerga yotqizib, yuzi va tanasiga musht urgan. Shuningdek, sochidan tortib yerda sudragan va buni atrofdagilar kuzatib turgan.

Holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Jarohat darajasini aniqlash maqsadida K.U.ga nisbatan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

“Voyaga yetmagan qizga nisbatan sodir etilgan bunday zo‘ravonlik harakatlariga qat’iy qonuniy chora ko‘rilishi shart! Bolalar ombudsmani mazkur holat yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi”, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: