Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mobiuz tavsiya qiladi: mobil televideniye imkoniyatlaridan qanday foydalanish mumkin?

Foto: Mobiuz
Mobiuz abonentlari uchta ilovadan birini tanlab, smartfonlarini mobil kinoteatrga aylantirishlari mumkin.
Sevimli futbol jamoangizning o‘yini boshlanish arafasida, ammo yaqinlaringiz televizorda serial tomosha qilishmoqda... Film tomosha qilmoqchisiz, lekin ko‘p Internet-trafik ketishi o‘ylantirmoqda... Chet el kanallaridan birida zo‘r tok-shou ko‘rmoqchisiz, lekin bu kanal kabel televideniyesi paketida yo‘q...
Ba'zan oddiy xohish-istaklarni amalga oshirish ham mushkuldek tuyuladi. Lekin bunday vaqtlarda mobil texnologiyalar yordamga keladi va hayotni juda osonlashtiradi. Bunga yorqin misol – mobil televideniye xizmati.
Mobiuz mobil aloqa operatori mobil televideniye xizmatini Allplay, iTV va Mediabay bilan hamkorlikda taqdim etmoqda. Abonentlar ushbu mobil ilovalardan foydalangan holda va maxsus obunani faollashtirib, minglab filmlar, seriallar, hujjatli filmlar, multfilmlar, shuningdek 100 dan ortiq mahalliy va xorijiy telekanallarni (xizmat yoqilgan davrda) megabayt sarflamasdan ko‘rish imkoniyatiga ega.
Mobiuz mobil televideniyesi doirasidagi har bir xizmat o‘ziga xos xususiyat va afzalliklarga ega. Masalan, Allplayda abonentlar "Online TV", “Allmovies” video portali va “Amediateka” onlayn-xizmatidan foydalanishlari mumkin. iTV ilovasida televideniye, videoklub, alohida o‘zbek videoklubi, shuningdek “TV+Videoklub” to‘plamini ulash mumkin. Mediabayda Amediatikaga kirish hamda kerakli telekanallar to‘plamini tanlash imkoniyati mavjud.
Har bir turdagi xizmatni 1, 7, 30 yoki 90 kunga faollashtirish mumkin. Abonent xizmatni qanchalik uzoq muddatga ulasa, shunchalik ko‘p foyda ko‘radi.
Xizmatdan foydalanish uchun Play Market yoki AppStore dan kerakli mobil ilovani (Allplay, iTV yoki Mediabay) yuklab olishingiz, uni menyusidan "Mobil TV" yoki "Mobiuzdan mobil TV" bandini topishingiz kerak. U orqali raqamni ilovaga bog‘lash kerak bo‘ladi (ilovaga kirish uchun foydalaniladigan Mobiuz raqamini ko‘rsatish zarur). So‘ngra, kerakli xizmat turini, faollashtirish davrini belgilab, ulanish tugmachasini bosasiz. Balansdan mablag‘ muvaffaqiyatli yechib olingandan so‘ng xizmat ishga tushadi.
Mobiuz mobil televideniyesining muhim xususiyati shundaki, uni abonentlar – jismoniy shaxslar barcha tarif rejalarida (shu jumladan, MB berilmaydigan tariflarda ham) ulashlari mumkin.
Mobil TV xizmati haqidagi batafsil ma'lumotni mobil aloqa operatorining veb-saytida quyidagi havolalar yordamida olish mumkin: Allplay, iTV va Mediabay.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
PPX va profilaktika inspektorlarining vakolatlari kengayishi mumkin
O‘zbekiston | 19:39
-
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31
-
Rossiyada migrantlarning xorijga pul o‘tkazmalarini cheklash taklif qilindi
Jahon | 19:18
-
O‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza qabul qilish boshlandi
O‘zbekiston | 19:14
Mavzuga oid

23:10 / 09.06.2025
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi

09:00 / 20.12.2023
Mobiuz ISO sertifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi

17:14 / 08.12.2023
Mobiuz 340 kun ichida Toshkent viloyatida 440 dan ortiq tayanch stansiyalarini ishga tushirdi

16:55 / 06.12.2023