Mingbuloqda ikkita binoning tomi shamolda uchib tushdi. Bu tomlar oxirgi 2 yil ichida yopilgandi
Farg‘ona vodiysida 22 yanvar kuni tong soat 5:00larda kuchli shamol boshlangan. Namangan viloyati Mingbuloq tumani Jomashuy shaharchasidagi tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamda ko‘p qavatli uylardan birining tomi zarar ko‘rgan.
Ma'lum bo‘lishicha, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limining binosi 2019 yilda qurib bitkazilgan.
Ikki qavatli, ko‘p kvartirali uylarning tom qismi ham 2019 yilda, «Obod markaz» dasturi asosida o‘rnatilgan.


«Holat yuzasidan tezkor shtab tuzilib, chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda», – deyiladi Mingbuloq tumani hokimligi axborotida.
Eslatib o‘tamiz, 8 yanvar kuni Namangan shahrida yangi qurilgan 37 metrli piyodalar ko‘prigi foydalanishga topshirish arafasida qulab tushgan edi.
Mavzuga oid

16:51 / 08.03.2025
Chiqindidan qarzdorlarning svet uchun to‘lov qilishini cheklash haqidagi qonun imzolandi

18:37 / 25.02.2025
Namanganda Lacetti 11 yoshli qizni urib yubordi

10:26 / 10.01.2025
Pop tumani FVB boshlig‘i tezkor tadbirda 160 ming dollar bilan qo‘lga olindi

10:06 / 24.11.2024