Yaponiyaning yetakchi universitetlarida o‘qish uchun stipendiyalar ajratiladi

O‘zbekiston 08:12 / 21.01.2021 1934

Hukumatning “O‘zbekiston Respublikasi vakillarining o‘qishini tashkil etish uchun Yaponiya hukumati grantidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga ko‘ra, Yaponiyaning yetakchi universitetlari magistratura va doktoranturasida O‘zbekiston vakillarining o‘qishini tashkil etish bo‘yicha har yili almashinuv notalari va grant bitimlar imzolanadi. 

Shuningdek, Yaponiyaning yetakchi universitetlarida o‘qish uchun stipendiyalar ajratiladi.

Yaponiya hukumatining 291 mln iyena (2,6 mln AQSh dollari) miqdoridagi granti 2021-2022 yillarda foydalanish uchun taqdim etiladi.

O‘qish uchun nomzodlarni tanlab olish va loyihani amalga oshirishni muvofiqlashtirish:

O‘zbekiston tomonidan – Vazirlar Mahkamasining Ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma'naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Investitsiya va tashqi savdo vazirligi;

Yaponiya tomonidan – Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi, O‘zbekiston-Yaponiya Inson resurslarini rivojlantirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda loyiha doirasida Yaponiyada tahsil olayotgan stipendiatlarning o‘qishi va o‘qishni tamomlaganlarning mehnat faoliyati yuzasidan doimiy monitoring olib boradi.

Ko‘proq yangiliklar: