Tezkor konvertatsiya: «Kapitalbank» chet ellik sheriklar bilan tezda hisob-kitob qilishga yordam beradi

O‘zbekiston 14:00 / 21.01.2021 1166

ATB «Kapitalbank» yuridik shaxslar uchun yangi xizmat – «Tezkor konvertatsiya»ni ishga tushirdi. Ushbu xizmat sizga ariza topshirilgan vaqtdan boshlab 60 daqiqadan kam muddat ichida chet el valutasini sotib olish va chet ellik sheriklar bilan o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga imkon beradi.

Farqni his eting: odatda banklarda uch kun davom etadigan operatsiyani bir soat ichida qilishingiz mumkin!

«Qoidaga ko‘ra, banklarda konvertatsiya jarayoni birinchi navbatda mijoz tomonidan valuta birjasida chet el valutasini sotib olish to‘g‘risidagi ariza berishdan boshlanadi. Bu odatda bir kun vaqtni oladi. Bank birja savdosi va konvertatsiya qilingan chet el valutasini mijozning hisob raqamiga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq chiqarilishi uchun yana bir kun kerak bo‘ladi. Va yana bir kun chet ellik sheriklar bilan o‘zaro hisob-kitoblarga sarflanadi. Kapitalbankda xorijiy valutani konvertatsiya qilish tartibi endi boshqa banklardan tubdan farq qiladi», - deya qayd etdi Korporativ biznes departamenti direktori – Ozod Karimov.

Kapitalbankdan yangi xizmat, sizga bir soat ichida chet el valutasini konvertatsiya qilish bo‘yicha barcha operatsiyalarni bajarishga imkon berishi, ushbu xizmatning yagona ijobiy tarafi emas. Arizani topshirishdan tortib, chet elda hisob-kitoblar qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar masofaviy bank tizimi orqali amalga oshiriladi. Ya'ni, mijozlar va ularning buxgalterlari bankka shaxsan kelishlari shart emas.

+998 78 148 40 08 raqamiga bog‘langan holda yoki kapitalbank.uz veb-saytidan tezkor konvertatsiya qilish shartlari haqida batafsil bilib olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: