Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga qo‘shimchalar kiritiladi

O‘zbekiston 14:09 / 19.01.2021 2224

Hujjatda aytilishicha, loyiha O‘zbekiston konsullik muassasalari hamda O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalarining konsullik bo‘limlari tomonidan O‘zbekistonning chet elda yashovchi fuqarolariga nisbatan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish tartibini avtomatlashtirish hamda “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimida ma'lumotlar dolzarbligini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Mazkur loyihada fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan qayd qilingan bo‘lsa, FHDYo organlari va konsullik muassasalari tomonidan qayd qilinmasligi belgilanmoqda.

O‘zbekiston konsullik muassasalari tomonidan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari “Interaktiv konsullik xizmatlari” axborot tizimi orqali qayd qilinishi hamda O‘zbekiston konsullik muassasalari tomonidan “Interaktiv konsullik xizmatlari” axborot tizimi orqali qayd qilingan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari haqidagi ma'lumotlarning uch kun davomida “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga yuborilishi belgilanmoqda.

Shuningdek, fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bo‘yicha so‘rovlar elektron axborot tizimlari orqali berilishi mumkinligi nazarda tutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: