2021 yilda O‘zbekistondagi barcha qishloq xo‘jalik texnikalari elektron ro‘yxatga olinadi

O‘zbekiston 00:30 / 19.01.2021 3767

2021 yilda O‘zbekistondagi mavjud 330 mingdan ziyod qishloq xo‘jalik texnikalari mulk shaklidan qat'i nazar to‘liq elektron ro‘yxatga olinadi.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zagroinspeksiya»ga tayanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

«Bunda texnikalarning harakati va yagona elektron bazasi, shu jumladan, mahalliy ishlab chiqaruvchilar hamda importyor korxonalar tomonidan yetkazib beriladigan texnikalar hisobi yuritiladi», – dedi inspeksiya axborot xizmati rahbari Xolida Shodiyeva 18 yanvar kungi brifingda.

Kun.uz muxbiri bu amaliyot nima uchun kerakligi bilan qiziqib, Shodiyevaga murojaat qildi.

«Avvallari bu kabi ro‘yxatlar faqat qog‘ozda yuritilgan. Bundan buyon biz qishloq xo‘jalik texnikalarining yagona va ishonchli bazasini shakllantirmoqchimiz.

Bu orqali istalgan kishi O‘zbekistonning viloyat yoki tumanlaridagi qishloq xo‘jaligi texnikalarining soni haqida ma'lumotga ega bo‘lishi mumkin. Buning uchun shunchaki bazaga kirish va hududni qidirish kifoya bo‘ladi.

Bu – qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda muhim amaliyotlardan biri», – dedi Xolida Shodiyeva.

Ko‘proq yangiliklar: