2021 yilda iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida davlat dasturi loyihasida ushbu yo‘nalish bo‘yicha alohida takliflar e'lon qilindi.
Dasturda joriy yil davomida narx-navo va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta'minlash maqsadida quyidagi chora-tadbirlar haqida ma'lum qilindi:
Iqtisodiyotga ajratilgan kreditlarning o‘sish sur'atlari yalpi ichki mahsulotning nominal o‘sish sur'atlari bilan muvofiqligini ta'minlash;
Inflatsiyani pasaytirish;
- Pul-kredit vositalaridan samarali foydalanish;
- Ichki bozorni iste'mol tovarlari bilan to‘ldirish;
- Asosiy iste'mol mahsulotlarining mavsumiy narxlari o‘zgarishining oldini olish maqsadida “xatar darajasi tahlili” tizimini joriy qilish;
- Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshib ketishining oldini olish va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash;
- Import mahsulotlarini olib kirishda raqobat muhitini shakllantirish va monopoliyaga yo‘l qo‘ymaslik;
- Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining zaxirasini to‘liq shakllantirgan holda ularni bozorga uzluksiz yetkazib berishni ta'minlash;
- Asosiy iste'mol mahsulotlari transport xarajatlarini subsidiyalash;
- tegishli hududning asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini bozor sharoitlari asosida sotib olish va ichki bozorga aralashtirish choralarini ko‘rish;
Avvalroq, prezident murojaatnomasida 2021 yilda inflatsiya ko‘rsatkichini 10 foiz darajasiga tushirish vazifasi belgilangandi.
Markaziy bank raisi bank oldida turgan asosiy vazifa – inflatsiya darajasining belgilangan me'yorlar doirasida bo‘lishini ta'minlashdan iboratligini aytgandi.
Ma'lumot uchun, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 2020 yil davomida inflatsiya darajasi 11,1 foiz bo‘lgan.