2021 yil 1 fevraldan oshiriladigan nafaqalar miqdori haqida ma'lumot berildi

O‘zbekiston 08:05 / 16.01.2021 54474

Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2021 yil 1 fevraldan boshlab O‘zbekiston hududida:

  • mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 747 300 so‘m;
  • bazaviy hisoblash miqdori – 245 000 so‘m;
  • bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa - 434 000 so‘m;
  • kam ta'minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam -  326 000 so‘mdan 653 000 so‘mgacha;

14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa:

  • bitta bolali oilalarga – 144 100 so‘m;
  • ikkita bolali oilalarga – 238 700 so‘m;
  • uchta va undan ortiq bolali oilalarga - 334 400 so‘m.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam 434 ming so‘mdan 1 million 85 ming so‘mgacha oshirilishi belgilandi.

Bundan tashqari, joriy yilning 1 fevralidan faxriy unvonga ega pensionerlar uchun to‘lov miqdori 1,1 barobarga oshiriladi.

Pensiya jamg‘armasining ta'kidlashicha, pensiyalar koronainqiroz paytida - 2020 yilning 1 sentyabridan oshirilgan. Lekin u paytda budjet xodimlari oyliklari oshishi muzlatib qo‘yilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: