Nurmat Otabekov: «Hozirgi barqaror vaziyat – aldamchi»

O‘zbekiston 19:29 / 15.01.2021 24549

«Vaziyatni murakkablashtirib yuborish o‘z qo‘limizda. Hozirda fuqarolarimiz karantin cheklovlari yengillashtirilgani bois ancha erkin bo‘lib qolishdi. Albatta tushunamiz, xalqimiz zerikkan. Ammo biz doka niqobni taqmaslik uchun emas, taqish uchun sabab qidirishimiz kerak. Hozirgi barqarorlik aldamchi vaziyat bo‘lishi mumkin», – dedi Nurmat Otabekov.

Uning ta'kidlashicha, mutatsiyaga uchragan koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur va ular hali o‘z kuchini yo‘qotmagan:

  • niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, antiseptiklar bilan zararsizlantirish tadbirlarini kuchaytirish;
  • zaruriyat bo‘lmaganda mamlakat fuqarolariga chet mamlakatlarga chiqishni cheklash;
  • ommaviy va boshqa turli yig‘inlar tashkil etishni cheklash;
  • karantin choralariga qat'iy rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, aniqlangan qoidabuzarliklarga nisbatan keskin choralar ko‘rishni davom ettirish;
  • xorijdan kelayotgan barcha shaxslardan aeroport, temir yo‘l vokzali yoxud chegara punkti hududida koronavirus infeksiyasi antigenini aniqlash bo‘yicha ekspress test olishni davom ettirish;
  • mutatsiyaga uchragan koronavirus infeksiyasi kasalligi qayd etilgan davlatlarni «qizil» hudud deb belgilash hamda ushbu hududlar bilan aviayo‘nalishdagi qatnovlarni to‘xtatish yuzasidan qabul qilingan taqiq muddatini 31 yanvarga qadar uzaytirish;
  • mutatsiyaga uchragan koronavirus infeksiyasining yangi shtammining bolalar o‘rtasida tarqalish xavfi yuqoriligini e'tiborga olgan holda, maktabgacha ta'lim tashkilotlari, maktablar, kollejlar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida mashg‘ulotlarni «gibrid» tarzda olib borishni davom ettirish.
Ko‘proq yangiliklar: