Rasman: Abduqodir Toshqulov oliy ta'lim vaziri etib tayinlandi, qator OTMlar rektori o‘zgardi

O‘zbekiston 15:16 / 14.01.2021 106461

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan:

Inomjon Majidov O‘zbekiston Milliy universiteti rektori;

Inomjon Majidov

O‘ktam Salomov Farg‘ona politexnika instituti rektori;

O‘ktam Salomov

Avazjon Marahimov Termiz davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

Avazjon Marahimov

Ma'lumot uchun, Avazjon Marahimov Milliy universitet rektori sifatida ishlab kelayotgandi. U 2016 yil oktyabridan buyon ushbu vazifada faoliyat yuritdi.

Avvalroq, Qonunchilik palatasi yig‘ilishida oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri lavozimiga Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov nomzodi ko‘rib chiqilgandi. Deputatlar tomonidan Abduqodir Toshqulov oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri lavozimiga ma'qullandi.

Eslatib o‘tamiz, Inom Majidov 2016 yil sentyabridan oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari, 2017 yil iyunidan esa vazir lavozimida faoliyat ko‘rsatayotgandi.

Ko‘proq yangiliklar: