Jazoni ijro etish muassasalaridagi uchrashuvlar muddati yana uch sutkaga uzaytirildi

Jamiyat 21:43 / 13.01.2021 6035

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemik vaziyat birmuncha barqarorlashgani tufayli qamoqxonalarda mahbuslar va yaqinlarining uchrashuvlari uchun muddat uch sutkaga uzaytiriladi. Bu haqda IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi ma'lum qildi. Qayd etilishicha, bir sutkali uchrashuv berilishi davomida koronavirus infeksiyasi kasalligi alomatlari jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar va ularning yaqinlaridan aniqlanmagan.

Boshqarma xabariga ko‘ra, bu borada Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mutaxassislarining tavsiyalari olingan. Unda karantin qoidalariga qat'iy rioya etgan holda, haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari uzoq muddatli uchrashuv berish tavsiya etilgan.

Shuningdek, jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarning yaqin qarindoshlari (shu jumladan 6 yoshdan oshgan farzandlari) uchrashuvga 48 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddat oralig‘ida koronavirusga test topshirgani va natija manfiyligini – virus yo‘qligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma bilan kelishlari talab etiladi.

«Shu o‘rinda uzoq muddatli uchrashuv so‘rab murojaat qilganlarning barchasiga bir vaqtning o‘zida uchrashuv berish imkoniyati mavjud emasligini eslatib o‘tmoqchimiz. Shundan kelib chiqqan holda, jazoni ijro etish muassasalarida fuqarolarni uchrashuvga kirish ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha dolzarb aloqa tarmoqlari tashkil etildi.

Fuqarolarimiz soat 9:00dan 18:00gacha (dam olish kunlaridan tashqari) mazkur dolzarb aloqa tarmoqlari orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda fuqarolarimizdan jazo muddatini o‘tayotgan shaxs bilan uchrashish uchun dolzarb aloqa tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tishlarini, uchrashuvga belgilangan muddatlarda kelib, karantin qoidalariga qat'iy rioya etishlarini so‘rab qolamiz», deyiladi IIV xabarida.

Jazoni ijro etish koloniyalari bilan bog‘lanish uchun aloqa raqamlari:

  • 1-son jazoni ijro etish koloniyasi – 365-220-70-02
  • 2-son jazoni ijro etish koloniyasi – 375-230-00-82
  • 3-son jazoni ijro etish koloniyasi – 375-230-10-61
  • 4-son jazoni ijro etish koloniyasi – 79-224-77-81
  • 5-son jazoni ijro etish koloniyasi – 79-555-23-65
  • 6-son jazoni ijro etish koloniyasi – 69-434-42-33
  • 7-son jazoni ijro etish koloniyasi – 95-169-64-13
  • 10-son jazoni ijro etish koloniyasi – 95-506-64-51
  • 11-son jazoni ijro etish koloniyasi – 78-770-37-34, 95-603-49-07
  • 12-son jazoni ijro etish koloniyasi – 79-572-55-85
  • 13-son jazoni ijro etish koloniyasi – 70-717-08-50
  • 14-son jazoni ijro etish koloniyasi – 99-842-41-24
  • 17-son jazoni ijro etish koloniyasi – 94-545-21-81
  • 20-son jazoni ijro etish koloniyasi – 65-522-22-10
  • 21-son jazoni ijro etish koloniyasi – 70-975-85-65
  • 22-son jazoni ijro etish koloniyasi – 70-202-38-52
  • 24-son tarbiya koloniyasi – 70-202-37-51

Ma'lum qilinishicha, ushbu dolzarb aloqa raqamlari orqali bog‘lanish imkoniyati bo‘lmagan hollarda IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining 71-291-69-75 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Shuningdek, aloqa tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tmasdan muassasaga tashrif buyurgan fuqarolar uchrashuvga kiritilmasligi ma'lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 14 noyabridan jazoni ijro etish koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarga yaqin qarindoshlari bilan, karantin talablariga qat'iy rioya qilgan holda, faqatgina bir sutka davomida uzoq muddatli uchrashuv berilishi yo‘lga qo‘yilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: