Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahongir Ortiqxo‘jayev mol-mulki va daromadlari bo‘yicha deklaratsiya topshirib borishga tayyorligini ma'lum qildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ishlab chiqqan qonun loyihasida mol-mulki va daromadlarini deklaratsiya qiladigan mansabdor shaxslarning barcha toifalari qamrab olingani, ularning orasida prezident va bosh vazir ham borligi ma'lum qilingan edi.
Kun.uz muxbiri Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning Aksilkorrupsiya agentligi tayyorlagan qonun loyihasiga munosabati, basharti qonun kuchga kirgan taqdirda, mol-mulki va topayotgan daromadlari bo‘yicha deklaratsiya topshirib borishi yoki bormasligi bilan qiziqdi.
«O‘zbekistonda qonun ustuvorligini ta'minlash uchun qonunchilikdagi barcha talablar bajarilishi lozim. Qonunda belgilangan har bir talab albatta bajariladi. Bu rivojlangan davlatlarda sinovdan o‘tgan ijobiy amaliyot. Barchamiz mamlakatimizda ochiqlik, oshkoralik tamoyillariga to‘liq rioya qilishimiz zarur», – deya Jahongir Ortiqxo‘jayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas'ul xodimi O‘tkirbek Namozboyev hozirda ushbu loyiha kelishish uchun tegishli organlarga kiritilganini aytgan edi.
«Mansabdor shaxslarning barcha doirasi qamrab olingan. Hujjat qabul qilish vakolati bo‘lgan barcha mansabdor shaxslar – quyidan tortib yuqorigacha bo‘lgan mansabdor shaxslar doirasi qamrab olingan. Ya'ni prezident, bosh vazir... Umuman, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, respublika tashkilotlari, hokimliklar, sud, prokuratura – ularning barchasi biz tayyorlagan qonun loyihasida [mol-mulki va daromadlarini deklaratsiya qilishi] nazarda tutilgan», – degan edi u.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Estoniya birinchi marta HIMARS yordamida jangovar o‘t ochishni amalga oshirdi
Jahon | 17:10
-
Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin
Jahon | 16:48
-
«Tarixchi va kontrrazvedkachi». Kiyevda o‘ldirilgan UXX polkovnigi Ivan Voronich haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 16:42
-
Qozonda qurol «qaynadi», Trampning ohangi o‘zgardi – hafta dayjesti
Jahon | 16:06
Mavzuga oid

17:42 / 04.12.2024
«Paxtakor» budjeti 100 milliarddan oshadi». Ortiqxo‘jayev qoniqarsiz natija, yangi murabbiy, Cheran va rejalar haqida

12:00 / 04.12.2024
«Paxtakor» portugaliyalik yangi bosh murabbiyini tanishtirdi

20:36 / 02.03.2024
«Pulni o‘zi sizni quvsin». Jahongir Ortiqxo‘jayev Superliga startidan oldin «Paxtakor» jamoasi bilan uchrashdi

17:29 / 08.02.2024