14 yoshgacha bola puli berish qanday hollarda rad etiladi?

O‘zbekiston 14:58 / 13.01.2021 179208

Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati ma'lum qilishicha, O‘zbekiston fuqarolari, O‘zbekistonda doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar nafaqalar va moddiy yordam tayinlashni so‘rab, ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Ariza fuqaroning doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyi (propiska joyi) bo‘yicha beriladi va arizaga quyidagilar ilova qilinadi: 

  • pasport nusxasi;
  • nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma;
  • bola tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.

Vaqtinchalik nizomning 7-bandiga muvofiq, yuqoridagi nafaqalar va moddiy yordam oilaning har bir a'zosiga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining o‘rtacha oylik 0,527 baravari miqdori (358 007 so‘m)dan ortiq bo‘lmagan miqdorda to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik jami daromadga ega bo‘lgan oilalarga tayinlanadi.

Quyidagi hollarda tegishli ijtimoiy nafaqani yoki moddiy yordamni tayinlash rad etiladi:

a) ariza beruvchi oilasining har bir a'zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadning vaqtinchalik nizom 7-bandida belgilangan mezonlardan ortiqligi;

b) ariza beruvchida yoki uning oila a'zolarida ko‘chmas mulk mavjudligi (ariza beruvchining propiska qilingan joyida joylashgan ko‘chmas mulk bundan mustasno);

v) ariza beruvchi yoki uning oila a'zolarida ikki va undan ortiq avtotransport mavjudligi;

g) arizada taqdim etilgan ma'lumotlarning haqiqatga nomuvofiqligi aniqlanishi;

d) daromadlarning rasmiy manbalariga ega bo‘lmagan va mehnat bo‘yicha organlarda hisobda turmagan yoki haq to‘lanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan oilaning mehnatga layoqatli a'zosi mavjudligi sababli rad etiladi.

Moliya vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda 2020 yilning yakuniga qadar:

14 yoshgacha bolalari bo‘lgan ehtiyojmand nafaqa oluvchi oilalarning amaldagi sonini 2 barobarga oshirib, 700 mingtagacha yetkazishi;

bola 2 yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa oluvchi ehtiyojmand onalarning amaldagi sonini 330 mingdan 400 mingtaga oshirishi; 

moddiy yordam oluvchi kam ta'minlangan oilalarning amaldagi sonini 89 mingdan 100 mingtaga yetkazishi belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: