Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp xavfsizlikni ta'minlash uchun Vashingtonda favqulodda vaziyat rejimini joriy qildi

Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyning yangi rahbari Jo Baydenning inauguratsiyasi munosabati bilan tartibni saqlash uchun Vashingtonda favqulodda vaziyat rejimini joriy qildi va AQSh poytaxtiga qo‘shimcha kuchlarni jo‘natishni buyurdi.
Favqulodda choralar 11 yanvardan 24 yanvargacha amal qiladi. Baydenning inauguratsiyasi 20 yanvarda bo‘lib o‘tadi.
Ta'kidlanishicha, favqulodda vaziyat bilan bog‘liq xarajatlar to‘liq federal budjetdan qoplanadi.
Prezident buyrug‘iga ko‘ra, ichki xavfsizlik vazirligi favqulodda hodisalar holatida yordam ko‘rsatish uchun barcha sa'y-harakatlarni muvofiqlashtiradi.
Avvalroq AQSh mudofaa vazirligining milliy gvardiya boshqarmasi rahbari Deniel Xokanson Baydenning inauguratsiyasi kuni Vashingtonga milliy gvardiyaning 15 ming xodimi jalb qilinishini ma'lum qilgandi.
Avvalroq Vashingtonning mahalliy ma'muriyati shaharda favqulodda vaziyat rejimini kiritgandi. Vashington rahbariyati AQSh poytaxti zarurat yuzasida qo‘shimcha federal kuchlar bilan ta'minlanishi uchun Trampga favqulodda vaziyat rejimini kiritish iltimosi bilan murojaat qilgan.
Vashingtonda favqulodda vaziyat rejimi AQSh prezidenti tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirganidan keyin 7 yanvarda kiritilgandi. O‘shanda kongressmenlar va saylangan prezident Bayden Trampni namoyishchilarni isyon ko‘tarishga gijgijlashda ayblagandi. Kapitoliyga bostirib kirish holati yuzasidan ichki terrorchilik bo‘yicha 25dan ko‘proq jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Boku va Yerevan o‘z chegaralarida uchinchi mamlakatlar kuchlarini joylashtirmaydigan bo‘ldi
Jahon | 20:26
-
Yangi Zelandiya Falastin davlatini tan olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Jahon | 20:17
-
Ozarboyjon Ukrainaga 2 mln dollarlik yordam ajratdi
Jahon | 19:53
-
Korrupsiya mojarolari sababli Abu-Dabiga ko‘chib ketgan Ispaniya faxriy qiroli Portugaliyaga ketmoqchi
Jahon | 19:21
Mavzuga oid

11:23 / 25.05.2025
Toshkentda daraxt bosib qolgan bir kishi vafot etdi

16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi

09:01 / 01.05.2025
Kiyev va Vashington Ukrainani tiklash uchun investitsiya fondi tuzmoqda

07:30 / 29.04.2025