Pompeo Eronni "Al-Qoida" bilan hamkorlikda aybladi

Jahon 22:50 / 12.01.2021 3559

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Tehronni "Al-Qoida" terrorchi tashkiloti bilan aloqadorlikda aybladi.

"Eron – bu "Al-Qoida" uchun muhim geografik markaz bo‘lgan yangi Afg‘oniston, ammo aslida bundan ham yomon", - dedi Pompeo.

"Afg‘onistonda "Al-Qoida" tog‘larda yashiringan bo‘lsa, Eronda u Eron rejimi himoyasi ostida harakatlanadi", - deb qo‘shib qo‘ydi u.

 "Tehron "Al-Qoida" bilan aloqani bemalol qo‘llab-quvvatlar ekan, Fransiya kabi davlatlarga hujum xavfi saqlanib qolaveradi, chunki Eron "Al-Qoida"ni sayohat uchun pasportlar bilan ta'minlaydi, Germaniya xatarda qoladi", - deb ta'kidladi Pompeo.

 Avvalroq AQSh va Saudiya Arabistoni Eronga qarshi turish uchun harbiy hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olgandi.

Ko‘proq yangiliklar: