AKFA Universiteti matematika, kimyo, biologiya va ingliz tili bo‘yicha olimpiada o‘tkazadi

Jamiyat 20:00 / 12.01.2021 6846

AKFA Universiteti 11-sinf o‘quvchilari va akademik litseylarning so‘nggi bosqich o‘quvchilari o‘rtasida matematika, kimyo, biologiya va ingliz tili bo‘yicha olimpiada o‘tkazadi.

O‘zbekistonda 2021 yil “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e'lon qilindi. Joriy yilda mamlakatda ta'lim va fanni rivojlantirish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirish, shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

AKFA Universiteti olimpiadani tashkil etish orqali yoshlarni matematika, kimyo, biologiya va ingliz tili kabi fanlarni o‘rganishga jalb qilib, ta'lim va fan rivojiga hissa qo‘shishga qaror qildi.

Olimpiada iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida o‘tkaziladi. Olimpiadada kelajakda AKFA Universitetida o‘qishni istagan, maktablarning 11-sinf o‘quvchilari va akademik litseylarning 3-bosqich o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Matematika, kimyo, biologiya va ingliz tili bo‘yicha olimpiada uch bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda qiziquvchi yoshlar ushbu havola orqali 2021 yil 5 fevralgacha ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Ishtirokchilar bitta yoki bir nechta fanlarni tanlashlari mumkin. Olimpiadada ro‘yxatdan o‘tish uchun mazkur havolani bosing.

2021 yil 10 fevralda bo‘lib o‘tadigan ikkinchi bosqichda ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar onlayn olimpiadada qatnashadilar. Har bir fan bo‘yicha test topshiriqlari soni 20 tadan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqich natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 80 nafar yoshlar (har bir fan bo‘yicha 20 nafardan) uchinchi bosqichda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Olimpiadaning yakuniy bosqichi 26 fevral kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Yakuniy bosqich ishtirokchilari matematika, kimyo va biologiya bo‘yicha 10 ta masalani yechishadi. Ingliz tilidan sinovlar insho va test savollaridan iborat bo‘ladi.

Har bir fan bo‘yicha 10 nafar g‘olib aniqlanadi, ular quyidagi sovrinlarga ega bo‘lishadi:

  • 1-2-o‘rinlar – 25 million so‘m;
  • 3-4-o‘rinlar – 20 million so‘m;
  • 5-6-o‘rinlar – 15 million so‘m;
  • 7-8-o‘rinlar – 10 million so‘m;
  • 9-10-o‘rinlar – 5 million so‘m.

Sovrin egalari ushbu mablag‘lardan faqat AKFA Universitetida o‘qish uchun to‘lovlarni to‘lash uchun foydalanishi mumkin. Agar ishtirokchi bir nechta fanlar bo‘yicha sovrindorga aylansa, mukofotlar jamlanadi, bu esa AKFA Universitetida bepul o‘qish imkoniyatini beradi.

Masalan, agar ishtirokchi har bir fan bo‘yicha birinchi yoki ikkinchi o‘rin egasiga aylangan bo‘lsa, u 100 million so‘m oladi. Hozirgi kunda Tibbiyot fakultetida ta'lim qiymati 58 million so‘mni tashkil etayotganini hisobga olsak, g‘olib deyarli to‘rt semestr davomida bepul o‘qishi mumkin.

E'tibor bering, hozirda AKFA Universitetida tibbiyot, farmatsevtika va stomatologiya, hamshiralik ishi, buxgalteriya va moliya, iqtisod, arxitektura va dizayn, kompyuter muhandisligi, dasturiy ta'minot va ingliz tili fakultetlari mavjud.

AKFA Universitetining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram: t.me/akfauniversity

Facebook: fb.com/akfauniversity  

Instagram: @akfauniversity

Youtube: bit.ly/2xoEsUT

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: