Abdukarim Mirzayev ozodlikka chiqarildi 

O‘zbekiston 17:50 / 12.01.2021 31178

Turkiyada o‘zbekistonlik jurnalist Abdukarim Mirzayev ozodlikka chiqarildi. Bu haqda 12 yanvar kuni jurnalistning Telegram-kanalida xabar berildi.

Turkiyaning Kastamonu universiteti Kommunikatsiyalar fakulteti jurnalistika bo‘limi magistranti Abdukarim Mirzayev 11 dekabr kuni turk politsiyasi tomonidan qo‘lga olingandi.

Uni huquqiy jihatdan himoya qilish uchun yollangan advokat vaziyatni o‘rgangach, kimdir Abdukarim Mirzayevga tegishli raqam orqali shubhali shaxslar bilan muloqotda bo‘lgani haqida xabar bergani, ushbu ma'lumot ortidan jurnalist kuzatilib, so‘ngra qo‘lga olinganini aniqlagan.

10 dekabrdan 11 dekabrga o‘tar kechasi harbiy libosdagi to‘rt kishi, shuningdek, fuqaro kiyimidagi shaxslar Abdukarim Mirzayevning uyiga kelib, tintuv o‘tkazgan. So‘ng ular hujjatlarni rasmiylashtirib, jurnalistni olib ketishgandi.

Mirzayevga nisbatan gumonlar o‘z tasdig‘ini topmagan. Shunga qaramay, u bir oy davomida deportatsiya bo‘linmasida qolishiga to‘g‘ri keldi.

Avvalroq Abdukarim Mirzayev bilan aloqada bo‘lgan «shubhali shaxslar»ga nisbatan gumonlar ham tasdiqlanmagani ma'lum bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: