Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston «Markaziy Osiyo investitsiyaviy sherikligi» tashabbusiga 500 million dollar bilan qo‘shildi – Adam Boyler
AQSh, O‘zbekiston va Qozog‘iston mintaqada investitsiyaviy sheriklikka kelishib oldi. Ushbu tashabbus besh yil ichida kamida 1 milliard dollar mablag‘ni loyihalarga jalb etmoqchi.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzoqov 9 yanvar kuni AQShning Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi rahbari Adam Boyler bilan birgalikda «Markaziy Osiyo investitsiyaviy sherikligi» tashabbusini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Mazkur tashabbus orqali AQSh Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi (DFC), O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Qozog‘iston Respublikasi hukumati manfaatlarini ko‘zlab harakat qiluvchi «Ostona» Xalqaro moliya markazi Markaziy Osiyo va mintaqadagi xususiy sektor o‘sishi hamda iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun besh yil ichida kamida 1 milliard dollar mablag‘larini jalb etishni ko‘zlagan.
«C5+1» platformasi (AQSh va Markaziy Osiyodagi hamkor davlatlar muloqoti) orqali amalga oshirilayotgan ushbu tashabbus Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotini mustahkamlash va o‘sishini ta'minlash maqsadida savdo-sotiqni oshirish, kompleks rivojlanishni rag‘batlantirish va ko‘p tomonlama aloqalarni chuqurlashtirish uchun barcha mavjud imkoniyatlardan foydalanishga intiladi.
Hujjatni imzolash marosimidan so‘ng Adam Boyler jurnalistlarning ayrim savollariga javob berdi. Xususan, u tashabbusni amalga oshirishda pandemiyaning salbiy oqibatlari ta'siri haqida so‘z yuritdi.
«6 oy ilgari shu xonada tashabbusni tashkil etish to‘g‘risida gaplashganimizda, barcha so‘zlashuvimizda pandemiya shart va talablari inobatga olingandi. Aslida, pandemiya tufayli g‘oyalarni amalga oshirishga shoshilmoqdamiz. Avvalo, investitsiyalar yirik infratuzilma loyihalariga yo‘naltiriladi, shuningdek, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan maqsadlarimiz ham bor. Negaki, biz O‘zbekistonda aholi daromadlarini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishni istaymiz. Bu mamlakatning pandemiya davridagi iqtisodiy mustahkamligiga hissa qo‘shishi kerak», — dedi Boyler.
AQSh Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi rahbari tashabbus doirasida O‘zbekistonning mas'uliyatini ham ma'lum qildi.
«O‘zbekiston tashabbusga 500 million dollar bilan qo‘shilmoqda. Loyihalar mintaqaviy ahamiyatga ega bo‘lishi nazarda tutilgan. So‘nggi 3 yilda O‘zbekistonning amaldagi prezidenti mamlakatni Markaziy Osiyoning yetakchi davlatiga aylantirishga harakat qilmoqda. O‘ylaymanki, O‘zbekiston va Qozog‘istonning ushbu tashabbusga qo‘shilishi Markaziy Osiyo mintaqasining kuchi va salohiyatini ko‘rsatishga xizmat qiladi. Biz barcha uchun manfaatli bo‘lgan investitsion loyihalar ustida ishlaymiz», — deya qo‘shimcha qilgan u.
Tashabbus mintaqaviy bo‘lishiga qaramay, unda Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston ishtirok etmayotgani haqidagi savolga Adam Boyler quyidagicha javob berdi:
«Bugun imzolangan memorandumda aniq qilib ko‘rsatilganki, boshqa davlatlar tashabbusga qo‘shilishi olqishlanadi. Biz ushbu masalada muhokamalarni davom ettiryapmiz. Tez orada ularni ham safda ko‘rishni istaymiz, chunki bu mintaqaviy manfaatdorlik sanaladi».
Ta'kidlanishicha, «Markaziy Osiyo investitsiyaviy sherikligi»ning maqsadi xalqaro infratuzilma sifat standartlariga javob beradigan hamda inklyuziv, shaffof va barqaror investitsiyalar hajmining o‘sishiga ko‘maklashuvchi xususiy sektor sohasidagi loyihalarni ilgari surishdan iborat bo‘ladi. Shunday qilib, sheriklar loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga hissa qo‘shadi va mintaqaga qo‘shimcha xususiy investitsiyalar kirib kelishini faollashtiradi.
Qo‘shma bayonot matnida «Markaziy Osiyo investitsiyaviy sherikligi» AQShning Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish va farovonlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa'y-harakatlarini hayotga tatbiq etishdagi muhim qadam ekanligi qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinadi
O‘zbekiston | 09:47
-
Rossiya Axios'ning Putinning Eron bo‘yicha pozitsiyasi haqidagi ma’lumotini rad etdi
Jahon | 09:45
-
Xorijiy fuqarolarni texnikumlarga o‘qishga qabul qilish jarayoni soddalashtiriladi
O‘zbekiston | 09:41
-
YeI AQShga qarshi javob bojlarini joriy etishni 1 avgustga qoldirdi
Jahon | 09:39
Mavzuga oid

09:39
YeI AQShga qarshi javob bojlarini joriy etishni 1 avgustga qoldirdi

23:54 / 14.07.2025
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin

21:01 / 14.07.2025
Tramp Rossiyaga Ukraina bilan kelishuvga erishish uchun 50 kun muhlat bermoqchi

20:02 / 14.07.2025