Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Islom moliyasi» tushunchasi «Nobank tashkilotlar to‘g‘risida»gi yangi qonunga kiritiladi – Markaziy bank
2021 yilda «Nobank kredit tashkilotlari to‘g‘risida»gi qonun yangi tahrirda ishlab chiqiladi. Unda «Islom moliyasi» tushunchasi ham inobatga olinadi.

Bekzod Hamroyev
Markaziy bank raisi o‘rinbosari Bekzod Hamroyev 11 yanvar kuni AOKAda o‘tgan matbuot anjumanida yangidan ishlab chiqiladigan qonunga «Islom moliyasi» tushunchasi kiritilishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Rais o‘rinbosariga ko‘ra, bugungi iqtisodiy holat mazkur jarayonni taqozo etmoqda.
«Hammamizga ma'lum hozirda banklar bor va nobank kredit tashkilotlari bor. Agar raqobatga butunligicha qaraydigan bo‘lsangiz, har bittasining bozori alohida bo‘lingan. O‘zi hukmron, desak ham bo‘ladi.
Biz reja qilyapmizki, shu yili «Nobank kredit tashkilotlari to‘g‘risida»gi qonun yangidan ishlab chiqiladi. Ularga ko‘plab xizmatlar ko‘rsatish huquqlari beriladi.
Prezidentimiz parlamentga murojaatnomasida ham buning vaqti kelganini ta'kidlab o‘tdilar. Bizga «Islom moliyasi»ni o‘rganish vazifasi qo‘yildi. Shuni biz «Nobank kredit tashkilotlari to‘g‘risida»gi qonunimizda inobatga olib ketamiz va shunday huquq beriladi», – dedi rais o‘rinbosari.
Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish bo‘yicha huquqiy bazani yaratish vaqti-soati kelgani, bu borada Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari jalb etilishi haqida ta'kidlagani xabar qilingandi.
Bundan tashqari, joriy yilda O‘zbekiston sukuk qimmatli qog‘ozlarini pilot ravishda chiqarishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid

19:03 / 16.12.2024
Mahalla bankirlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

10:41 / 30.11.2024
Bankdagi tanishlari orqali tadbirkorga 10 mlrd so‘m ajratib berishini aytgan shaxslar ushlandi

08:51 / 29.11.2024
Banklar balansidagi issiqxona va sexlar tadbirkorlarga berilishi mumkin

09:59 / 23.11.2024